O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi o‘zbek pazandalik san’ati xalqaro markazi bilan hamkorlikda “Oltin pichoq” birinchi pazandalik chempionati o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Pisma o Tashkente” xabar bermoqda.
Mazkur chempionat professional bosh oshpaz va oshpazlar, pazandalik, mehmonxona, restoran va keytering sohasida ishlovchilar, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
Chempionatda ishtirok etishni istovchilarning talabnomalari taomlar nomi ko‘rsatilgan o‘zbek yoki rus tillaridagi retseptlarni ham o‘z ichiga olishi lozim. Tanlovda birinchi o‘rin uchun 5, ikkinchi o‘ringa 3, uchinchi o‘rin uchun esa 1,5 million so‘m mukofot ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)