“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent viloyati Bekobod tumani Xos qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaroga pensiya to‘lovlari nima sababdan kechikayotganini tushuntirdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 2015-yilning so‘nggi oylarida pensiya pullarini vaqtida ololmagan. “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati mazkur holatni o‘rganib chiqqan, pensionerning oktabr oyi pensiya puli 12-noyabr kuni to‘liq to‘lab berilgan.
“Javob xatida pensiya to‘lovlari uchun joylardagi bank bo‘limlari tomonidan naqd pul mablag‘lari o‘z vaqtida berilmayotgani sababli pensiya kechikib to‘lanayotganligi keltirilgan”, — deyiladi gazeta xabarida.
“O‘zbekiston pochtasi”ning fuqaroga yo‘llagan javob xati quyidagi so‘zlar bilan yakunlangan: “Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr so‘raymiz”.
Izoh (0)