O‘zbekiston Berlindagi “Yashil haftalik 2016” an’anaviy xalqaro qishloq xo‘jalik yarmarkasida Yevropa mamlakatlariga meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 91,2 million dollardan ortiq qiymatdagi shartnoma va bitimlarni imzoladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Dunyodagi eng yirik qishloq xo‘jalik yarmarkasida 68 mamlakatdan 1730 ta kompaniya va fermer xo‘jaliklari ishtirok etdi. Tadbir doirasida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jalik vazirlari sammitida 65 vazir va sektor kompaniyalarining 655 rahbari qatnashdi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev rahbarlik qildi. Mamlakat nomidan Oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi, “O‘zuzumsanoat-xolding”, “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi, qator tashqi savdo kompaniyalari hamda Fermerlar va fermer xo‘jaliklari kengashi qatnashdi.
Izoh (0)