Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom viloyatida yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, 18 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, avtobus Nannin shahridan Bisze shahriga ketayotgan bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi voqea joyida halok bo‘lib, yana bir kishi shifoxonada vafot etgan.
Hodisa sodir bo‘lgan trassadagi qatnov tiklandi. YTH sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)