Gretsiyaning Egey dengizi sohillari yaqinida muhojirlarning ikkita qayig‘i cho‘kib ketishi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishi qutqarildi. Bu haqda Associated Press bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bortida 48 nafar muhojir bo‘lgan qayiq Farmakonisi oroli yaqinida cho‘kib ketgan bo‘lsa, yo‘lovchi soni aniqlanmagan yana bir qayiq Kalolimnos oroli yaqinida halokatga uchragan.
Sohilbo‘yi xavfsizlik xizmati 26 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni vaqtda qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)