Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on suriyalik kurdlarning Demokratik birlik partiyasi (DBP) kuchlarining Furot daryosining g‘arbiy qirg‘og‘iga o‘tganligi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Bu haqda prezidentning Istanbulda jurnalistlar bilan muloqotidagi bayonotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“Demokratik birlik partiyasining Furotning g‘arbiga o‘tganligi haqidagi ma’lumotlar mish-mish hisoblanadi. Biz avval ham bunga yo‘l qo‘ymaganmiz va bundan keyin ham bu kabi hodisaning yuz berishiga imkon bermaymiz”, — dedi prezident.
DBP Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb tan olingan Kurdiston ishchi partiyasining Suriyadagi qanoti hisoblanadi.
Izoh (0)