Mahbuslarni o‘zaro almashish doirasida AQSh hukumati tomonidan ozod etilgan eronliklar vataniga qaytishni istamasdan, Amerikada qolishni tanladi. Bu haqda Amerikaning ABC telekanali ma’lumotiga tayanib, Tjournal xabar beradi.
Ushbu jarayon doirasida Eronda ushlab turilgan besh nafar amerikalikni yetti nafar eronlikka almashtirish rejalashtirilgan edi. O‘tgan yakshanba, 17-yanvar kuni ularning barchasi neytral hudud Jenevaga yetkazilishi lozim edi. U yerda almashish jarayoni amalga oshirilishi kutilgan edi.
Biroq, manbalarda ma’lum qilinishicha, ozod etilgan eronliklardan hech biri o‘sha kuni samolyotga chiqmagan. Ulardan olti nafari Eron fuqaroligidan tashqari Amerika fuqaroligiga ham ega bo‘lib, ular Eronga qaytishni istamasdan, AQShda qolishni tanlagan. Ularning aksariyatining oilasi Amerikada yashaydi.
Ozod etilgan amerikaliklardan uch nafari 17-yanvar kuni Jenevaga yetib kelganligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)