Euronews telekanali “O‘zbekistondan otkritkalar” nomli ko‘rsatuvlar turkumi orqali mamlakat madaniy-tarixiy merosini yoritishda davom etmoqda. 18-yanvar kuni dasturning Xivadagi Tosh-hovli saroyi haqida hikoya qiluvchi uchinchi reportaji efirga uzatildi, deya xabar beradi “Anons.uz”.
Mazkur reportaj translyatsiyasi 24-yanvargacha amalga oshiriladi. Uni telekanal, shuningdek, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi saytidan ham topish mumkin.
Euronews 2015-yil oktabridan beri har kuni O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida 30 soniyali reklama roligini ham namoyish etib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekistondan otkritkalar”ning birinchi reportaji Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasiga, ikkinchi reportaji esa Xiva obidalari — Ichan-qal’a va Kalta Minorga bag‘ishlangandi.
Izoh (0)