Rus tilidagi “Google Kitoblar” (“Google Knigi”) servisida “Dunyodagi eng katta kutubxona. Hamma narsa topiladi!” yozuvi paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.
So‘nggi jumla Rossiyaning “Yandeks” internet-kompaniyasining 15 yil oldin o‘ylab topilgan va tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shiori hisoblanadi.
Google vakillari ushbu jumla tarjimonning xatosi tufayli servisga tushib qolganini ma’lum qildi. Ammo “Google Kitoblar”ning boshqa tillardagi tag yozuvida faqat birinchi jumla keltirilgan.
“Hamma narsa topiladi” reklama shiori 2000-yilning bahorida “Yandeks”ning eng birinchi reklama roliklaridan birida paydo bo‘lgan.
“Yandeks”ning matbuot xizmati vakili kompaniya o‘z tovar belgisidan foydalanish qoidalari buzilgani ustidan Federal antimonopoliya xizmatiga murojaat qilmasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)