Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilari tomonidan odatda traktorlarga tirkaladigan tirkamani tortib ketayotgan Chevrolet Cobalt surati e’lon qilindi.
“Andijon — mana shunaqa”, — deb izoh qoldirgan, suratni guruhga joylashtirgan foydalanuvchi. Ba’zi foydalanuvchilar Cobalt bunday tirkamani torta olishiga shubha bildirgan, bir foydalanuvchi esa bu holat haydovchining ham, atrofdagilarning ham xavfsizligi uchun tahdid ekanligini qayd etgan.
Aksariyat foydalanuvchilar bu suratga hazil bilan yondashib, Chevrolet Cobalt’lar endi mana shunday katta aravalari bilan birga tavsiya qilinayotgani haqida fikr qoldirgan, bir foydalanuvchi suratga: “Trakbolt”, — deya ta’rif bergan. Fikr bildirganlar orasida mashinaga achinganlarni topsa bo‘ladi.
Avvalroq, Samarqandda tyuning natijasida ko‘rinishi BMW’nikiga o‘xshab qolgan Chevrolet Cobalt harakatlanayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)