Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Xevron shahri yaqinida joylashgan Otnielda 17-yanvar, yakshanba kuni pichoq bilan qurollangan falastinlik isroillik ayolni uning uyida o‘ldirdi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi rasmiy vakili Piter Lerner bergan ma’lumotga tayanib, “TASS” xabar beradi.
“Xevrondan janubda joylashgan Otnielda terakt yuz berdi: terrorchi uyga kirib, qurbonini pichoqlab o‘ldirgan”, — deydi Lerner. Uning so‘zlariga qaraganda, xavfsizlik xizmati voqea joyidan yashiringan terrorchini qidirmoqda.
O‘tgan yilning oktabr oyida Iordan daryosining g‘arbiy sohilida boshlangan zo‘ravonliklar 24 nafar isroillikni hayotdan olib ketdi. Ular falastinlik ekstremistlarning pichoq, bolta yoki avtomobillar yordamida qilingan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan. Uch yarim oy davomida 150 nafardan ortiq falastinlik qurbon bo‘lgan. Ularning aksariyati isroilliklarga hujum qilishga urinish chog‘ida o‘ldirilgan.
Izoh (0)