Bu yil 15 yilligini nishonlovchi Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti 23—24-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 31-dekabrga qadar ShHT bosh kotibi lavozimini egallab kelgan Dmitriy Mezensev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
O‘tgan yilning yozida Ufadagi sammitdan so‘ng ShHT raisligi Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning yanvar oyidan boshlab Tojikiston vakili Rashid Alimov ShHT bosh kotibi lavozimiga kirishdi.
Izoh (0)