Toshkent viloyatidagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 118 million dollarlik boyitish majmuasi modernizatsiyasini yakunladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Loyiha doirasida uchta sharli tegirmon hamda uzunligi 1,2 kilometrlik to‘qqizta konveyerdan tashkil topgan avtomatlashtirilgan konveyer majmuasi o‘rnatildi.
Loyiha kombinatning misni boyitish fabrikasi yanchish va maydalash bo‘linmalarini rekonstruksiya qilishni ko‘zda tutgan edi. Asosiy texnologik uskunalarni Rossiyaning “Tyajmash” zavodi yetkazib berdi. 73,9 million dollarlik texnikani yetkazish haqidagi shartnoma 2012-yil oxirida imzolangan edi.
Modernizatsiya tufayli, majmua quvvati 20 foizga oshdi, endi yiliga 35 million tonna rudani qayta ishlash mumkin.
Izoh (0)