O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichi doirasida Iroqqa qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi “Uff.uz”.
14-yanvar kuni terma jamoa murabbiylar shtabi ish uslubini biroz o‘zgartirishga qaror qildi. Shu sababga ko‘ra kechki amaliy mashqlar o‘rniga nazariy mashg‘ulot o‘tkazilishi ma’qul ko‘rildi. Nashr taxminicha, bunda asosiy e’tibor raqibni o‘rganishga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan musobaqani yoritish uchun Dohaga kelgan OAV xodimlari iltimosiga ko‘ra bugun, 15-yanvar kuni futbolchilar bilan muloqot qilishga ruxsat berdi.
Izoh (0)