Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru futbolchining haykaliga chizib tashlagan vandal (madaniy boyliklarni oyoqosti qiluvchi)larning ishini qoraladi, deb xabar qiladi Eurosport.
“Afsuski, go‘zal Madeyrada men bilan birga hurmatga noloyiq bo‘lgan yovvoyilar yashamoqda. Ular yuksak ma’naviyatli kishilar yashaydigan jamiyatning qadriyatlarini oyoqosti qiluvchilar bilan birga yashash uchun Suriyaga yo‘l olishi lozim. Men urushning barcha kulfatlarini ko‘rganlardan kechirim so‘rayman, biroq ba’zi kimsalar o‘zlari yashayotgan yerda yurishga loyiq emas”, — dedi Kati Aveyru.
Eslatib o‘tamiz, FIFAning “Oltin to‘p” mukofotini taqdirlash marosimidan keyin bezorilar Ronalduning Funshal shahri (Madeyro orolining ma’muriy markazi)dagi haykaliga “Messi 10” deb yozib, qizil bo‘yoqqa belab ketdi.
Izoh (0)