Rossiyaning Tyumen viloyati yashovchisi Moskvadagi Vernadskiy shoh ko‘chasidagi uyning derazasidan 700 ming rublni ko‘chaga otib yubordi. Bu haqda Tj xabar qilmoqda.
Hodisa erkakning fuqaroviy turmush o‘rtog‘i va uning onasi Sochi shahriga dam olish ucun ketgandan keyin sodir bo‘ldi. Tyumenlik uydagi seyfdan 6,5 milliondan ziyod rublni o‘zlashtirdi. Tashlab yuborilgan pullarni o‘tkinchilar va politsiya xodimlari terib oldi. Pul fuqaroviy xotinga qaytarildi. Jinoyatchini politsiya qidirmoqda.
Izoh (0)