Armiya zirhli texnikasidan iborat kolonna 14-yanvar, payshanba kuni Jakartaning portlashlar va otishma sodir bo‘lgan hududidagi ko‘chalarda paydo bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Armiya bronetexnikasi suratini ABC korporatsiyasi jurnalisti o‘z Twitter’iga joyladi. Unda harbiylar yirik kalibrli pulemyotlar o‘rnatilgan kamida to‘rtta zirhli mashinadan tarkib topgan kolonna harakatini boshqarayotgani aks etgan.
Avvalroq shaharda oltitagacha portlash qayd etilgani, ulardan biri savdo markazi, boshqasi Starbucks kafesi yaqinida sodir bo‘lgani xabar berilgan edi. Portlashlardan so‘ng otishma ham bo‘lib o‘tgan. Keyinroq yana bir portlash yuz berdi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Jakarta markazida ketma-ket ro‘y bergan portlashlarda qurbon bo‘lgan olti kishidan uch nafari politsiya xodimlaridir. Hujum sodir bo‘lgan hudud ayni paytda politsiya tomonidan qurshab olingan.
Izoh (0)