Ispaniyaning “Barselona” futbol klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi qachondir o‘z vatanida o‘ynab ko‘rish istagini bildirdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Biror kun Argentina chempionatida o‘ynab ko‘rishni istardim, — dedi Messi. — Men vatanimni juda erta tark etganman va u yerda futbol o‘ynab ko‘rish imkoniyatim bo‘lmagan”.
Eslatib o‘tamiz, 11-yanvar, dushanba kuni Messi “Oltin to‘p” sohibiga aylandi. 28 yoshli forvard o‘z klubdoshi — braziliyalik Neymarni, shuningdek, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Izoh (0)