Turkiyaning markaziy qismida 10-yanvar, yakshanba kuni 4,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
Yer silkinishi mahalliy vaqt bo‘yicha 19:40 da Yozgat viloyatining Shefaatli shahridan 35 kilometr g‘arbda va Anqaradan 134 kilometr janubi-sharqda qayd etildi.
Zilzila o‘chog‘i o‘n kilometr chuqurlikda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumotlar kelib tushmadi.
Izoh (0)