KXDR rasmiylari mamlakat tomonidan o‘tkazilgan yadro sinoviga xalqaro munosabatni Koreya yarimorolidagi tomonlarni urush yoqasiga keltirishga urinish, deb baholadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Vodorod bombasining muvaffaqiyatli sinoviga xasadi kelayotgan AQSh va uning izdoshlari targ‘ibot eshittirishlari yo‘lga qo‘yilgani, starategik bombardimonchilar shay holatga keltirilganini aytib, vaziyatni urush yoqasiga keltirishga harakat qilmoqda”, — deya ta’kidlagan Pxenyandagi mitingda KXDR Mehnat partiyasi targ‘ibot bo‘limi rahbari.
Mahalliy OAVda mazkur mitingdan olingan, Kim Chen In sharaflangan plakatlar ko‘tarib olgan minglab kishilar tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi: 8-yanvar mamlakat rahbarining tug‘ilgan kuni hisoblanadi.
Izoh (0)