Qrimning Arbatskaya strelka hududida joylashgan Stroitel pansionatini noma’lum kishilar egallab oldi. Ular o‘zini Qrimni oziq-ovqat va energetik blokada qilish tashabbuskorlaridan biri Lenur Islyamovning safdoshlari sifatida tanishtirgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Qrim birligi” hududiy jamoatchilik tashkiloti rahbari Seytumer Nimetullayevning ma’lum qilishicha, reydchilar 20 ga yaqin niqobdagi odam bo‘lgan.
Nimetullayevning so‘zlariga qaraganda, dengiz qirg‘og‘idagi ushbu pansionat o‘n yildan ortiq vaqt davomida uning rafiqasiga tegishli bo‘lib, buning uchun barcha zaruriy hujjatlar mavjud.
Izoh (0)