Janubiy Koreya va AQSh prezidentlari KXDR o‘tkazgan yadro sinoviga javoban qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish yuzasidan hamkorlik haqida kelishib oldi. Bu haqda 7-yanvar, payshanba kuni Janubiy Koreya rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Pak Kin Xe va Barak Obama 20 daqiqali telefon muloqoti chog‘ida Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarini buzgani uchun shunga yarasha javob berishi lozimligi xususida bir to‘xtamga keldi. AQSh prezidenti Janubiy Koreya xavfsizligini ta’minlash uchun barcha kerakli choralarni ko‘rishga va’da berdi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMT bosh kotibi Pan Gi Mun KXDR harakatlarini Pxenyanga nisbatan xalqaro sanksiyalar kuchaytirilishiga olib keladigan birinchi qadam sifatida baholagandi.
Izoh (0)