Jahon banki ekspertlari fikricha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2016-yilda 7,5 foizga o‘sishi mumkin, bu 2015-yildagidan 0,5 foizga ko‘proqdir. Bunday raqamlar 6-yanvar kuni Vashingtonda tarqatilgan “Global iqtisodiy istiqbollar” ma’ruzasida keltiriladi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.
Ta’kidlanishicha, 2015-yilda O‘zbekiston Turkmaniston bilan bir qatorda xarajatlarni ko‘paytirish uchun byudjet zaxiralarini ancha kengaytirdi, biroq bu mamlakatlarda Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamayishi natijasida o‘sish sekinlashmoqda, bu ularning iqtisodiyotida o‘z aksini topmoqda.
Jahon bankining 2016-yildagi dunyo iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozi 3,3 foizdan 2,9 foizgacha pasaydi. O‘sish sur’atlari prognozi kamayganiga qaramay, bank ekspertlari jahon iqtisodiyoti 2015-yilga nisbatan 0,5 foizga o‘sishini qayd etmoqda.
Izoh (0)