2013-yilning dekabrida vataniga xiyonat qilgani uchun qatl etilgan KXDR rahbari Kim Chen Inning pochchasi 1983 va 1991-yillarda Yaponiyaga soxta pasport bilan yashirin ravishda tashrif buyurgan. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreyaning hozirgi rahbarining otasi Kim Chen Ir singlisining eri bo‘lgan nufuzli mansabdor Chan Son Txek 1983-yilning aprelida Yaponiyaga Pxenyan maktab o‘quvchilari va pionerlarining rassomchilik jamoasi tarkibida tashrif buyurgan.
1991-yilning sentabr oyida esa quruvchilar delegatsiyasi tarkibida tashrifini takrorlagan. Chen Son Txek buning uchun boshqa kishilarning nomiga rasmiylashtirilgan pasportlardan foydalangan.
Agentlikning ta’kidlashicha, uning tashriflardan maqsadi Yaponiya hayoti bilan tanishish va surunkali xastalikka qarshi shifoxonalardan birida davolanish bo‘lgan.
Izoh (0)