Saudiya Arabistonining BMTdagi doimiy vakili Abdulloh al-Muallim Tehron “boshqa davlatlarning, shu jumladan, bizning ichki ishlarimizga aralashishga chek qo‘ysa”, Eron bilan aloqalar tiklanishini bayon qildi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi 2-yanvar kuni terrorizm va fitna uchun sudlangan 47 kishi, shu jumladan, shialar xatibi Nimr an-Nimrga nisbatan o‘lim hukmi ijro etilganini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng Tehronda namoyishchilar Saudiya Arabistoni elchixonasiga hujum qildi.
Natijada Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzib, davlatlar o‘rtasidagi aviaqatnov va ikki tomonlama savdo aloqalarini to‘xtatishini, fuqarolariga ushbu mamlakatga borishni man qilgan.
Izoh (0)