Turkiya qirg‘oq himoyasi xizmati mamlakatning g‘arbiy sohiliga yaqin bo‘lgan Egey dengizidagi oroldan 57 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi. Bu haqda Daily Sabah nashri bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Muhojirlarni tashib ketayotgan kema dengiz bo‘yida joylashgan Dikili shahri yaqinidagi orolning sayoz joyida to‘xtab qolgan.
Uch nafar bemor bola va to‘qqiz nafar yoshi katta odam vertolyot yordamida evakuatsiya qilindi. Qolgan muhojirlar, qirg‘oq himoyasi xizmati kemalari qoyali orolga yaqinlasha olmaganligi sababli, baliq ovlovchi qayiqlar yordamida quruqlikka yetkazildi.
Ma’lum qilinishicha, muhojirlar Gretsiyaga qarab ketayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)