Britaniyaning Ipsvich portidan Latviyaning Riga shahriga suzib ketayotgan Rossiyaning “Ivan Bobrov” quruq yuk tashuvchi kemaning to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi Daniyada qo‘lga olindi. Bu haqda kema sohibi “Trans-NAO” kompaniyasi bergan ma’lumotlarga asosan FlashNord xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, kema kapitani va to‘qqiz kishidan iborat bo‘lgan ekipaj a’zosi kemani mast holatda xavfli ravishda boshqarganligi sababli kema Daniyaning Elsinor portida to‘xtashga majbur qilindi.
Ta’kidlanishicha, kapitan, uning yordamchisi va katta mexanik ushlandi. Ular kemani mast holatda boshqarganligi uchun ayblanishi mumkin.
Kema sohibi bo‘lgan kompaniya vakillari ushlangan dengizchilarga yuridik yordam ko‘rsatish uchun yetib keldi.
Izoh (0)