Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi Yamanda nizolashayotgan taraflar o‘rtasida tuzilgan sulh muddatining tugaganligini e’lon qildi. Bu haqda Saudi Press Agency (SPA) bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
“Yamanning qonuniy hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi koalitsiya rahbariyati mamlakatdagi vaqtinchalik yarashuvning 2016-yil 2-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da tugaganligini e’lon qiladi”, ― deya ma’lum qilindi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ham Yaman mojarosi tufayli o‘zining xavotirini bildirgan edi.
Izoh (0)