Angliyaning Susseks grafligida yetti yoshli bola Jurassic World o‘yinini o‘ynash uchun otasining iPad’ini oldi va o‘yin ichidagi xaridlarga 4000 funt sterling (taxminan 6000 dollar) sarf qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Xaridlar amalga oshirilishini tasdiqlash uchun bolakay Apple ID murakkab parolini ham kiritgan.
Ota dastlab buni qandaydir xatolik deb o‘yladi. Statistika tahlili mablag‘lar 13—18-dekabr kunlari xarjlanganini ko‘rsatdi, o‘g‘il jami 65 ta xaridni amalga oshirgan. Ota o‘g‘li to‘lov ma’lumotlarini Apple ID parolidan foydalanib tasdiqlaganidan hayratga tushdi.
U Apple ko‘mak tizimiga murojaat qilib, vaziyatni tartibga solishni so‘radi. iPad ota-ona nazorati uskunalariga ega bo‘lgani tufayli, kompaniya vakillari pulni qaytarmasligi ham mumkin edi, biroq ular mablag‘ni Apple ID’ga biriktirilgan hisobga o‘n kun ichida yuborishga va’da berdi.
Izoh (0)