Islom inqilobi qo‘riqchilar korpusi 26-dekabr kuni Ormuz bo‘g‘ozida Harbiy-dengiz kuchlarining Harry Trumen Amerika aviatashuvchisi yaqinida raketa sinovlarini o‘tkazganligi haqidagi ma’lumotni rad qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar beradi.
“Islom inqilobi qo‘riqchilar korpusining Harbiy-dengiz kuchlari oxirgi hafta ichida Ormuz bo‘g‘ozida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazgani yo‘q. Amerikaliklarning so‘zlariga qaraganda, raketa yoki reaktiv snaryad uchirilgan”, — deydi korpus vakili general Ramazon Sharif.
“Bu kabi yolg‘on yangiliklarning chop etilishi hozirgi vaziyatda psixologik qurol hisoblanadi va ishonch hissini uyg‘otmaydi”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 26-dekabr kuni Eron katerlari Ormuz bo‘g‘ozida AQShning Harry Truman aviatashuvchisidan 1,4 kilometrga yaqin masofada raketalar bilan o‘quv otishmalarini o‘tkazganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)