Bugun, 30-dekabr kuni “Navbahor” futbol klubida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda klub boshqaruv organida o‘zgarish ro‘y berganligi ma’lum qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Namangan viloyat hokimining 29-dekabrdagi farmoyishiga asosan klub prezidenti sifatida faoliyat olib borgan T.Dadabayev, vitse-prezident vazifasini bajargan R.Nizambayev va jamoa bosh murabbiyi B.Ashurmatovlar o‘z vazifalaridan ozod etildi.
Klub prezidenti vazifasi Namangan shahar hokimi Bahodir Bekxodjayev zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, vitse-prezidentlik vazifasini O.Qosimov bajaradigan bo‘ldi. Jamoa boshqaruvi esa Rashid G‘ofurov zimmasiga yuklatildi.
Yig‘ilishda klub xodimlari, murabbiylar, xizmat qiluvchi xodimlar va asosiy va yoshlar tarkibi futbolchilariga klubda faoliyat olib boradigan yangi rahbariyat tarkibi tanishtirildi. Rashid G‘ofurov boshchiligidagi murabbiylar shtabi keyinroq tasdiqlanadi.
Izoh (0)