Turkiya politsiyasi tomonidan Anqara shahrida 30-dekabrda o‘tkazilgan tadbir davomida terrorchi-xudkush deb gumon qilingan ikki kishi hibsga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, terrorchilar Turkiyaga Suriyadan kelgan bo‘lib, Yangi yil oqshomida poytaxt markazida terakt sodir etishga tayyorgarlik ko‘rgan.
Izoh (0)