Xalqaro sport nashrlari assotsiatsiyasi 2015-yilning eng yaxshi sportchilari va jamoalari nomini e’lon qildi. Bu haqda “Sports.uz” xabar beradi.
Assotsiatsiya jurnalistlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, erkaklar orasida Useyn Bolt yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Yamaykalik atlet so‘rovnomada dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich va “Barselona” hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirdi.
2015-yilning eng yaxshi jamoasi “Barselona” bo‘ldi. Yil davomida 5 ta sovrinni qo‘lga kiritgan kataloniyaliklar regbi bo‘yicha Jahon chempioniga aylangan Yangi Zelandiya terma jamoasi va MBA g‘olibi “Golden Steyt” klubini ortda qoldirdi.
Ayollar orasida amerikalik Serena Uilyams tengsiz deb topildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar yengil atletikachilar Genzebe Dibaba va Dafna Sxippersga nasib qildi. Ushbu ovoz berish jarayonida dunyoning 91 davlatidan sport jurnalistlari ishtirok etdi.
Izoh (0)