“Formula-1” sinfiga mansub avtomashinalar ichida yetti karra jahon chempioni bo‘lgan nemis avtopoygachisi Mixael Shimaxerning sog‘ligi, katta sarf-xarajatlarga qaramasdan yaxshi bo‘lmayapti. Bu haqda Le Parisien nashri bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Shumaxerning oilasi muolajaga va shifokorlarga har oyda 500 mingga yaqin yevro sarflamoqda.“O‘zining faoliyati davomida Shumaxer 715 million yevroga yaqin mablag‘ to‘plagan bo‘lib, bu pullar hozircha yetarli. Lekin, poygachining oilasi unga tegishli bo‘lgan va alohida buyurtma asosida jihozlangan Ferrari FXX Evoluzione rusumli avtomashinasini 11,2 million yevroga sotuvga qo‘ydi”, ― deya xabar qilmoqda nashr.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, “Bir yilga yaqin bo‘lgan muddat ichida Shumaxerning ahvoli barqaror bo‘lib turibdi. Lekin u yaqinlari bilan gaplashmaydi va yura olmaydi. Uning vazni esa 45 kilogrammni tashkil etib, bu vazn u miyasidan jarohat olguncha bo‘lgan vaznidan 25 kilogrammga yengil. Lekin eng yomoni, Shumaxer uning atrofidagi bo‘lib o‘tayotgan hodisalarni idrok eta olmayapti”.
Eslatib o‘tamiz, Mixael Shumaxerning menejeri Sabina Kem nemis matbuotida paydo bo‘lgan dunyoning yetti karra chempioni salomatligi borasidagi mish-mishlarni inkor etuvchi bayonot bergan edi.
Izoh (0)