Bloomberg agentligi tomonidan e’lon qilingan 2015-yilda katta mablag‘ yo‘qotgan jahonning eng badavlat kishilari ro‘yxatida rossiyalik 19 nafar milliarder ham bor. Ular yil davomida jami 8 milliard dollardan mahrum bo‘lgan. Bunga asosiy sabab — G‘arb tomonidan joriy etilgan sanksiyalar, shuningdek, neft narxining keskin pasayishi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Qashshoqlashgan” rossiyalik milliarderlar ro‘yxatini “Skolkovo” fondi prezidenti Viktor Vekselberg boshqarmoqda — 1,8 milliard dollar. Ikkinchi o‘rinda USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov qayd etilgan (1,6 milliard dollar). Uchinchi o‘rinni “Lukoyl” rahbari Vagit Alikperov egallagan, uning yil davomida 1,5 milliard dollar yo‘qotgani bildirilmoqda.
Izoh (0)