Ufada yo‘l-transport hodisasiga uchragan Vengriyaning Yekaterinburgdagi bosh konsuli Pal Fabian Boshqirdistondagi kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Respublika sog‘liqni saqlash vazirligi vakillarining bildirishicha, “shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, 29-dekabr, seshanba kuni tongda konsul vafot etgan”.
Yo‘l-transport hodisasi 25-dekabr kuni Kropachevo — Mesyagutovo — Achit yo‘lida ro‘y bergan. Bosh konsul bo‘lgan Volvo avtomobili GAZ-3307 yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Og‘ir jarohatlar olgan Fabian avtohalokatdan so‘ng koma holatiga tushib qolgandi.
Izoh (0)