Bloomberg Uoll-stritda ish o‘rinlari va bonuslar qisqarganiga qaramay, kelgusi yilda ham talabgir bo‘ladigan mutaxassisliklar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Agentlik tomonidan so‘rov o‘tkazgan tahlilchilar, ish o‘rinlari bo‘yicha mutaxassislar va rahbarlarning aytishicha, neftgaz sohasidagi bank xodimlariga talab katta bo‘ladi. Ular energiya resurslariga narx keskin pasayishidan jabr ko‘rgan energetika kompaniyalariga ko‘mak berishi lozim.
Shuningdek, davlat obligatsiyalari bozorida ishlaydigan treyderlarga ham ehtiyoj mavjud. AQSh federal zaxira tizimining (FZT) pul-kredit siyosatini qattiqqo‘llik bilan yuritayotgani Amerika davlat obligatsiyalari va ular bilan bog‘liq hujjatlarga talab oshishiga olib keladi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, restrukturizatsiyalash, elektron savdo, maxsus dasturiy ta’minot va korporativ moliya sohasida ishlovchi mutaxassislar ham Uoll-stritda quchoq ochib kutib olinadi.
Izoh (0)