Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29—30-dekabr kunlari Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif buyuradi. Bu haqda Erdo‘g‘onning rasmiy saytiga joylashtirilgan ma’muriyat xabariga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Prezident Toyyib Erdo‘g‘on qirol Salmon bin Abdulazizning taklifiga binoan Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi. Tashrif davomida bir qator uchrashuvlar, jumladan, Turkiya prezidenti va Saudiya Arabistoni qirolining muzokaralarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Unda ikki tomonlama aloqalar va hududiy muammolar muhokama etiladi”, — deyiladi xabarda.
Erdo‘g‘onning Ar-Riyodga tashrifi Saudiya Arabistoni 34 ta mamlakat ishtirokidagi aksilterrorchilik koalitsiyasini tashkil etganligini e’lon qilganligidan ko‘p o‘tmasdan amalga oshiriladi.
Izoh (0)