Finlyandiya chegara xizmati Rossiya bilan chegaradan velosipedda o‘tishni taqiqladi. Endi nazorat punktlaridan faqat avtomobilda o‘tish mumkin. Bu haqda Finlyandiyaning MTV telekanali ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar beradi.
Chegaradan piyoda o‘tish mumkin bo‘lmaganligi uchun ko‘plab muhojirlar Finlyandiyaga o‘tish uchun velosipedlardan foydalangan. Chegara xizmati qishki mavsumda ushbu transport vositasidan foydalanish yo‘l harakatiga xavf tug‘dirishi mumkinligi yangi cheklovga sabab bo‘lganligini ma’lum qildi.
2015-yilda Finlyandiyaga 30 mingga yaqin muhojir kirib keldi. Rossiya hududi orqali Finlyandiyaga kirib kelgan muhojirlar soni 633 nafarni tashkil etadi.
Izoh (0)