O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan Andijon viloyatidagi Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyida “Mehrga muhtoj farzandlarimizga mehr berib, bahra olaylik” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shu kuni 180 o‘rinli yotoqxona binosining ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining axborot xizmati xabar berdi.
Bayram tadbirida Andijon viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, harbiy prokuratura, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi, davlat soliq inspeksiyasi vakillari ishtirok etdi. “Vatan” harbiy orkestri qo‘shiqlari bayramga alohida fayz bag‘ishladi.
Tashrif buyurgan mehmonlar homiyligi asosida yangi bino uchun gilamlar va boshqa kerakli anjomlar sovg‘a qilindi.
Izoh (0)