Ayni kunlarda mas’ul tashkilotlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarga O‘zbekiston Prezidentining bolajonlarga atalgan Yangi yil sovg‘alarini yetkazish ishlari boshlab yuborilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sen yolg‘iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida Yangi yil bayramini yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida bolajonlar uchun turli-tuman, ajoyib tuhfalar tayyorlandi.
Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun Prezident sovg‘alari tayyorlanib, joylarga yetkazilmoqda.
Sovg‘alar 29-dekabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.
Izoh (0)