Qirg‘iziston Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisi hamkasblariga qarata o‘t ochdi. Ulardan biri halok bo‘ldi, yana biri yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Hodisa 27-dekabr kechasi sodir bo‘ldi. Hamkasblariga qarata o‘t ochgan harbiy xizmatchi qorovullik xizmatida bo‘lgan, shuning uchun uning quroldan foydalanishi qonuniy bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabarida.
Unga hujum qilgan “Qoplon” maxsus topshiriqli bo‘linmasi serjantlaridan biri o‘ldirildi. Yana bir serjantga uchta o‘q tekkan. Hozirgi paytda u og‘ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.
Hozirda tungi favqulodda hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda. “Halok bo‘lgan serjant eng yaxshi harbiy xizmatchilardan biri edi. Aynan u jangchilarni turli tadbirlarga va o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorlash bilan shug‘ullanar edi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)