Aralash uslubdagi amerikalik kurashchi Jeff Monson Rossiya pasportiga ega bo‘lganidan so‘ng o‘tkazilgan birinchi jangida yutqazib qo‘ydi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Jang boshlanganidan yarim daqiqa o‘tib, Monsonning raqibi — kamerunlik Donald Njatax uni birinchi zarbasi bilanoq nokautga uchratdi. Shundan so‘ng Mix-Fight-Combat versiyasi bo‘yicha jahon chempionligi uchun o‘tkazilgan jang to‘xtatildi va Njatax g‘olib deb e’lon qilindi.
Monson yaxshi raqibga qarshi kurashganini aytib, kelgusida g‘alaba qozonishga va’da berdi.
Jeff Monson Rossiya pasportiga ega bo‘lganini 22-dekabr kuni ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, taniqli bokschi kichik Roy Jons ham Rossiya fuqaroligini olganidan keyin birinchi jangda mag‘lubiyatga uchragan edi.
Izoh (0)