Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya bilan aloqalar to‘liq uzilmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda Turkiya rahbarining televideniyega bergan intervyusiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalarimiz to‘liq uzilmagan. Men doim ikki mamlakat o‘z diplomatik aloqalarini uzmasligi lozim deyman”, — dedi Erdo‘g‘on.
Prezidentning so‘zlariga qaraganda, ikki mamlakatning turli sohalardagi, jumladan, energetika va savdo sohasidagi munosabatlari saqlanmoqda.
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu Turkiya Rossiya bilan aloqalarni tiklash uchun harakat qilayotganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)