Primoryening safari bog‘ida echki Timur bilan do‘stlashib qolgan yo‘lbars Amur quruq o‘tni yeyishga harakat qilib ko‘rdi, lekin o‘sha kuniyoq yirtqich hayvonlarga mos bo‘lgan ozuqa ― go‘shtga qaytdi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilmoqda.
“Rojdestvo kuni yo‘lbars Amur vegetarian bo‘lishga qaror qildi. O‘zining sarhadlarini aylanib o‘tar ekan, uni bir ko‘kat qiziqtirib qoldi. Yo‘lbars yonboshlab olib, o‘tning poyalarini ishtaha bilan chaynay boshladi”, ― deya ma’lum qildi safari bog‘i.
Biroq, shu kunning o‘zidayoq, kechqurun yo‘lbars to‘yib go‘sht tanovul qilib oldi.
“Go‘shtning hidini sezgan yo‘lbars o‘kirgancha oshxona bo‘ylab yugura boshladi. Keyin unga berilgan bir bo‘lak go‘shtni tutib olib, xirillab yeya boshladi”, ― deya safari bog‘i ma’lum qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yo‘lbars Amur va echki Timur Instagram’da o‘z akkauntiga ega bo‘lgan edi.
Izoh (0)