Xitoyning sharqiy provinsiyasi Shandundagi konlardan birida sodir bo‘lgan avariya oqibatida bir necha o‘nlab konchi yer ostida qolib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Yer ostida qolib ketgan konchilarning aniq soni hozircha noma’lum. Konda yer o‘pirilganda, yer ostida 29 nafar kishi bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, bir kishi halok bo‘lib, qolganlarni qutqarish uchun harakat qilinmoqda.
2015-yil davomida Xitoyning konlarida sodir bo‘lgan avariyalar tufayli 900 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy shimoli-sharqidagi Xeylunszyan provinsiyasida konda yuzaga kelgan portlash tufayli qamalib qolgan 19 nafar konchining barchasi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)