Myanmaning oltin va nefrit konlari joylashgan hududida yer ko‘chishi oqibatida besh kishi halok bo‘lib, 50 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Bangkok Post bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
“Qidiruv ishlarini biz ertalab boshladik va besh kishining jasadini topdik. Yana 50 ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda”, ― dedi oltin va nefrit konlarining asosiy qismi joylashgan Xpakant shahar hukumati vakili.
Eslatib o‘tamiz, Myanma shimolidagi Kachin shtatida yer ko‘chishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)