Moskvaning “Dinamo” klubi sobiq prezidenti Arkadiy Rotenberg Alisher Usmonovning klubga moddiy yordam ko‘rsatganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar qilmoqda.
“Usmonovning ‘Dinamo’ga ko‘rsatgan yordami bir martalik xayriya emas. Uning keyinchalik ham yordam berishi kutilmoqda. U sobiq dinamochi sifatida yordam berdi va bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlab turishni niyat qilgan”, ― dedi Rotenberg.
Shuningdek, Rotenbergning ta’kidlashicha, “VTB” banki hozircha mablag‘ ajratgani yo‘q. “Ma’lum bir mexanizmlar mavjud bo‘lib, qarz zayomini bergach, u qaytib olinadi. Doimiy moliyalashtirish yo‘liga o‘tishni rejalashtirish kerak”.
19-dekabrda Rotenberg “Dinamo”ga ko‘rsatilgan beg‘araz moliyaviy yordam tufayli, xokkeychilar oldidagi bir necha oylik qarzdorlikning qoplanganligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Milliarder Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga 1 milliard rubl miqdorida beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatgan edi.
Izoh (0)