Indoneziyaning maxsus xizmat kuchlari tomonidan yaqinda turli provinsiyalarda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, cherkov, politsiya bo‘linmalari va mamlakat qurolli kuchlarining boshqaruv punktlariga hujum uyushtirmoqchi bo‘layotgan ikki nafar terrorchi-xudkush hibsga olindi. Bu haqda Straits Times agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
“So‘nggi besh kun davomida Rojdestvo va Yangi yil bayramlarida terakt sodir etmoqchi bo‘layotgan jami 11 nafar kishi hibsga olingan, shu maqsadda ular orasidan ikki nafar terrorchi-xudkush tayyorlangan”, ― dedi huquqni muhofaza qiluvchi idora vakili.
2000-yilda Rojdestvo arafasida Jakartadagi cherkovlarning birida “Jamoa Islomiya” jangarilari sodir etgan terakt oqibatida 18 nafar kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)