Argentinada jurnalistlar so‘rovnomasi asosida mamlakatning eng yaxshi sportchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Std.uz” xabar qiladi.
Kiyevning “Dinamo” klubidan ijaraga olingan “Rosario Sentral” hujumchisi Marko Ruben Argentina chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ruben ushbu mavsumda chempionatning 30 ta o‘yinida maydonga tushib, 21 ta gol urdi. Uning jamoasi 3-o‘rinni band etdi.Ta’kidlanishicha, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi ketma-ket 9-marta Argentinaning xorijda o‘ynayotgan eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Premios Olimpia” sovrini 1970-yildan boshlab topshirib kelinadi. Jurnalistlar yilning eng yaxshi sportchisini hamda har bir sport turi bo‘yicha eng yaxshi sportchini aniqlab keladi. 2000-yilda 20-asrning eng yaxshi sportchisi sifatida Diyego Maradonaga maxsus sovrin topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” forvardi Lionel Messi Ispaniya chempionatida 2014/2015-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi.
Izoh (0)